AI agent nima va qachon kerak?

Chat-botdan agentgacha: model + vositalar + sikl. Anthropic va OpenAI qo‘llanmalaridagi asosiy tamoyillar.

Ilg‘or 8 daqiqa
Mundarija

Oddiy chat — siz so‘raysiz, model javob beradi. AI agent esa vazifani oladi va uni tugatguncha o‘zi harakat qiladi: reja tuzadi, vositalarni ishlatadi (qidiruv, fayllar, kod, pochta), natijani ko‘radi va keyingi qadamni tanlaydi. Batafsil: AI agent.

Maqsadsizning vazifangizReja tuzishnima qilish kerak?Harakatvosita: qidiruv, fayl, kodKuzatishnatija qanday?Tayyoryoki inson
Agent = model + vositalar + sikl. U vazifa tugaguncha o‘zi aylanadi.

Agent nimadan iborat?

OpenAI qo‘llanmasi uchta asosiy qismni ajratadi:

  1. Model — "miya": fikrlaydi va qaror qabul qiladi.
  2. Vositalar (tools) — "qo‘llar": qidiruv, ma'lumotlar bazasi, API, fayllar, kod ishga tushirish. Batafsil: Tool use.
  3. Ko‘rsatmalar — "ish tavsifi": nima qilish, qanday qilish, qayerda to‘xtash.

Har doim agent kerakmi? Yo‘q!

Anthropic "Building Effective Agents" maqolasining asosiy xulosasi: eng oddiy yechimdan boshlang. Ko‘p vazifalar uchun bitta yaxshi prompt yoki oddiy ketma-ket jarayon (workflow) yetarli. Agent — ko‘proq vaqt, pul va xato xavfi.

Anthropic ikki turni farqlaydi:

  • Workflow (ish jarayoni) — qadamlar oldindan belgilangan, kod boshqaradi.
  • Agent — model o‘zi qaysi qadamni qilishni hal qiladi.
Zanjirqadam → qadamYo‘naltirishturiga qarabParallelbir vaqtdaBoshqaruvchibo‘lib beradiBaholovchitekshir → tuzat
Avval eng oddiy naqshdan boshlang — to‘liq agent faqat haqiqatan kerak bo‘lsa.

Beshta asosiy naqsh:

  • Zanjir — bir qadam natijasi keyingisiga (maqola: reja → matn → tahrir).
  • Yo‘naltirish — so‘rov turiga qarab kerakli yo‘lga (savol / shikoyat / buyurtma).
  • Parallel — bir nechta ishni bir vaqtda yoki bir ishni bir necha marta (ovoz berish).
  • Boshqaruvchi–ishchilar — bosh model vazifani bo‘lib, kichik ishlarni taqsimlaydi.
  • Baholovchi–yaxshilovchi — biri yozadi, ikkinchisi tekshiradi va tuzattiradi.

Agent qachon o‘zini oqlaydi?

OpenAI qo‘llanmasiga ko‘ra, agent ayniqsa quyidagi hollarda foydali:

  • murakkab qaror qabul qilish kerak (ko‘p istisnolar, kontekstga bog‘liq tanlov);
  • qoidalar shunchalik ko‘p va chalkashki, ularni oddiy dastur bilan yozish qiyin;
  • tuzilmagan ma'lumot bilan ishlash (xatlar, hujjatlar, suhbatlar).

O‘zingizni sinang

Anthropic tavsiyasiga ko‘ra AI yechim qurishni nimadan boshlash kerak?

Manbalar

Xato topdingizmi? GitHub’da tahrirlash