Biznes va marketing
Post, reklama matni, mijozga javob va g‘oyalar — o‘z brendingiz ovozida.
Marketingda AI’ning eng katta xavfi — hamma bir xil yozib qolishi. "Instagram post yoz" desangiz, minglab boshqa bizneslar olgan o‘sha shablon matnni olasiz. Farq — sizning ma'lumotingiz va ovozingizda.
Brend ovozi kartasi
Bir marta yozing va har bir marketing promptiga qo‘shing (yoki doimiy ko‘rsatmalarga saqlang):
Sinab ko‘ring · Brend ovozi kartasi
O‘zingizniki bilan almashtiring: [brend nomi][1 gap][kim, yoshi, nimani qadrlaydi][so‘zlar, iboralar][eng yaxshi postingiz matni]
Post va reklama matni
Zaif prompt
Kofe do‘konimiz uchun reklama yoz.
Kuchli prompt
<brend>...(yuqoridagi karta)...</brend> Vazifa: yangi "qovoqli latte" uchun Instagram post yoz. Maqsad: haftaning sokin kunlari (dushanba–chorshanba) ertalab mijozlarni ko‘paytirish. Taklif: 08:00–11:00 oralig‘ida 20% chegirma. Format: 3 xil variant — 1) qisqa (2 gap), 2) hikoya uslubida, 3) savol bilan boshlanadigan. Har birida chaqiriq (CTA) bo‘lsin.
Nima o‘zgardi?
Brend ovozi, aniq maqsad (sokin kunlar), aniq taklif va 3 ta variant. Variantlardan eng yaxshisini tanlaysiz yoki birlashtirib ishlatasiz.
Mijozlar xizmati
Sinab ko‘ring · Mijoz shikoyatiga javob
O‘zingizniki bilan almashtiring: [brend][xabar][qaytarish / almashtirish / chegirma — nima bera olasiz]
G‘oyalar va tahlil
Sinab ko‘ring · Raqobatchilarni tahlil qilish
O‘zingizniki bilan almashtiring: [qisqacha][shahar][nomlar yoki tavsif]
O‘zingizni sinang
Nima uchun marketing promptlariga “brend ovozi kartasi”ni qo‘shish kerak?
Manbalar
- OpenAI — Prompt Engineering Guide
- Anthropic (Claude) — Claude Prompting Best Practices
- Cohere — Crafting Effective Prompts
Xato topdingizmi? GitHub’da tahrirlash