Prompt

Boshqa nomlari: promptlar, prompt engineering

Modelga beriladigan ko‘rsatma yoki savol. Prompt qanchalik aniq bo‘lsa, javob shunchalik yaxshi.

Prompt — AI modelga yozadigan matningiz: savol, vazifa, misollar yoki qoidalar. "Prompt engineering" — natijani yaxshilash uchun promptni tuzish mahorati.

Yaxshi prompt

  • Maqsadni aniq ayting: kim uchun, qanday formatda, qancha hajmda.
  • Kontekst bering: misollar, cheklovlar, mavjud ma'lumot.
  • Natijani tekshirish mezonini yozing.

Xato yoki qo‘shimcha bormi? GitHub’da tahrirlash