Bosqichma-bosqich fikrlash

Murakkab savollarda modelga “o‘ylash uchun vaqt” berish — va zamonaviy “fikrlovchi” modellarda nima o‘zgardi.

O‘rta 6 daqiqa
Mundarija

Odam murakkab masalani darhol yecha olmaydi — avval qog‘ozga yozib, qadamma-qadam o‘ylaydi. Model ham shunday: javobdan oldin fikrlashga imkon bersangiz, xato kamroq bo‘ladi. Bu usul chain-of-thought (fikrlar zanjiri) deyiladi.

Qachon kerak?

  • Hisob-kitob va mantiqiy masalalar;
  • bir nechta variantni solishtirish va qaror qabul qilish;
  • ko‘p shartli vazifalar ("agar ... bo‘lsa, ..., aks holda ...").

Oddiy savollar ("Fransiyaning poytaxti?") uchun kerak emas.

Zaif prompt

Qaysi tarif menga foydali: oyiga 99 000 so‘mlik cheksiz yoki har GB uchun 4 500 so‘m?

Kuchli prompt

Qaysi tarif menga foydali: oyiga 99 000 so‘mlik cheksiz yoki har GB uchun 4 500 so‘m? Men oyiga taxminan 18–25 GB ishlataman, yozda ko‘proq. Avval qadamma-qadam hisoblab chiq: har ikki tarifda eng kam va eng ko‘p oylik xarajat, yillik farq. Keyin xulosa ber.

Nima o‘zgardi?

Model avval hisoblaydi, keyin xulosa qiladi — natijani o‘zingiz tekshira olasiz. Shaxsiy ma'lumot (18–25 GB) javobni aniq qildi.

Qanday so‘rash kerak?

  • "Avval qadamma-qadam o‘ylab chiq, keyin javob ber."
  • "Javobdan oldin qanday ma'lumotlar kerakligini sanab chiq."
  • "Har bir variantning afzallik va kamchiliklarini yoz, keyin tanla."

"Fikrlovchi" modellar bilan farq

Hozir ko‘p xizmatlarda alohida mulohaza qiluvchi (reasoning) rejimlar bor — ular javobdan oldin o‘zi ichida uzoq o‘ylaydi. Batafsil: Mulohaza (reasoning).

Sinab ko‘ring · Qaror qabul qilish

O‘zingizniki bilan almashtiring: [vaziyat][variant A][variant B][masalan: narx, vaqt, xavf]

O‘zingizni sinang

“Fikrlovchi” (reasoning) modelga prompt yozayotganda nima muhimroq?

Manbalar

Xato topdingizmi? GitHub’da tahrirlash