Rol va tizim prompti
Modelga “kim” bo‘lishni aytish va doimiy qoidalarni bir marta yozib qo‘yish.
Rol berish
"Sen ... san" degan bitta gap modelning butun javobini o‘zgartiradi: so‘z boyligi, chuqurlik, ohang, nimaga e'tibor berish. Rol — eng arzon va eng samarali usullardan biri.
Zaif prompt
Biznes rejamni ko‘rib chiq.
Kuchli prompt
Sen 15 yillik tajribaga ega, startaplarga sarmoya kiritgan investorsan. Juda talabchansan va zaif joylarni ko‘rsatishdan tortinmaysan. Biznes rejamni investor ko‘zi bilan ko‘rib chiq: 1. Sarmoya kiritishdan oldin beradigan 5 ta eng qiyin savoling. 2. Rejaning 3 ta eng zaif joyi. 3. 1 dan 10 gacha baho va uning sababi. <reja>...</reja>
Nima o‘zgardi?
"Talabchan investor" roli — maqtov o‘rniga tanqidiy fikr beradi. Rolga xarakter (talabchan) qo‘shildi va natija aniq tuzildi.
Tizim prompti nima?
Ko‘p AI vositalarida doimiy ko‘rsatmalar joyi bor — har bir suhbatda avtomatik qo‘llanadigan qoidalar:
- ChatGPT: Custom instructions va Projects ko‘rsatmalari;
- Claude: Projects ichidagi ko‘rsatmalar va shaxsiy sozlamalar;
- API va agentlarda: system xabari.
Bu yerga bir marta yozasiz: kimsiz, qaysi tilda javob kerak, qanday uslub yoqadi. Keyin har safar takrorlash shart emas.
Sinab ko‘ring · Doimiy ko‘rsatmalar (Custom instructions)
O‘zingizniki bilan almashtiring: [kasbingiz][shahar][nimalar uchun AI ishlataman: xatlar, hisobotlar, o‘rganish]
Tizim promptini qanday yozish kerak?
Microsoft va Anthropic qo‘llanmalari asosida:
- Rol va maqsad — "Sen X kompaniyasining yordamchisisan, vazifang — ...".
- Qoidalar va sabablari — har bir qoidaning nima uchun kerakligi.
- Chegara — nimaga javob bermaslik va bunday holatda nima deyish.
- Format — javob qanday ko‘rinishda bo‘lishi.
- Misollar — murakkab holatlar uchun 1–2 ta namuna.
O‘zingizni sinang
Har bir suhbatda takrorlanadigan ko‘rsatmalar (til, uslub, siz haqingizda) qayerga yozilgani ma'qul?
Manbalar
- Anthropic (Claude) — Claude Prompting Best Practices
- OpenAI — Prompt Engineering Guide
- Microsoft Azure — Prompt Engineering Techniques
Xato topdingizmi? GitHub’da tahrirlash