Misollar bilan o‘rgatish
Ming so‘z tushuntirishdan bitta misol kuchliroq. Zero-shot va few-shot usullari.
Ba'zi narsalarni so‘z bilan tushuntirish qiyin: ohang, uslub, aniq tuzilma. Bunday paytda ko‘rsating. Model misoldagi qolipni ilg‘ab, yangi holatga qo‘llaydi.
Atamalar
- Zero-shot — misolsiz, faqat ko‘rsatma bilan. Oddiy vazifalar uchun yetarli.
- One-shot — bitta misol bilan.
- Few-shot — 2–5 ta misol bilan. Murakkab format yoki o‘ziga xos uslub uchun.
Yaxshi misollarning 3 qoidasi
- Xilma-xil bo‘lsin. Hammasi bir xil bo‘lsa, model tasodifiy detallarni ham ko‘chiradi (masalan, har doim bir xil uzunlik yoki bir xil so‘z).
- Vazifaga o‘xshash bo‘lsin. Real holatlarga yaqin misollar bering.
- Ajratib ko‘rsating. Misollarni
<misol>teglari yoki "Misol 1:", "Misol 2:" bilan belgilang — model ularni ko‘rsatmadan farqlaydi.
Zaif prompt
Mahsulotlarimiz uchun Instagram post matnlarini yoz: termos, ryukzak, soyabon.
Kuchli prompt
Do‘konimiz mahsulotlari uchun Instagram post matni yoz. Uslubimiz quyidagi misollarda: <misol> Mahsulot: Suv shishasi Matn: Kun bo‘yi suv ichishni unutasizmi? 💧 Bu shisha har soatni belgilab, eslatib turadi. 750 ml · BPA-free · 89 000 so‘m </misol> <misol> Mahsulot: Telefon g‘ilofi Matn: Telefoningiz bir marta tushib ketdimi — yetadi. 📱 Ikki qavatli himoya, yupqa dizayn. Barcha modellar · 59 000 so‘m </misol> Endi shu uslubda: termos, ryukzak, soyabon.
Nima o‘zgardi?
Ikki misol uslubni so‘zsiz tushuntirdi: savol bilan boshlanish → 1 emoji → foyda → nuqta bilan ajratilgan xususiyatlar → narx. Misollar har xil mahsulotdan — model mavzuni emas, qolipni ko‘chiradi.
Sinab ko‘ring · Misollar bilan uslub o‘rgatish
O‘zingizniki bilan almashtiring: [vazifa, masalan: mijozlarga javob][1-misol][2-misol][yangi holat]
O‘zingizni sinang
Few-shot promptda nima uchun misollar xilma-xil bo‘lishi kerak?
Manbalar
- Anthropic (Claude) — Claude Prompting Best Practices
- OpenAI — Prompt Engineering Guide
- DAIR.AI — Prompt Engineering Guide
- Microsoft Azure — Prompt Engineering Techniques
Xato topdingizmi? GitHub’da tahrirlash