Tool use

Boshqa nomlari: function calling

Modelning tashqi vositalarni — qidiruv, kalkulyator, API, terminal — chaqirib, ularning natijasidan foydalanishi.

Tool use (function calling) — model o‘zi bilmagan yoki qila olmaydigan ishni vosita orqali bajaradi: ob-havoni API’dan so‘raydi, kodni ishga tushiradi, ma'lumotlar bazasidan qidiradi. Model qaysi vositani qanday parametr bilan chaqirishni hal qiladi, dastur esa uni bajarib natijani qaytaradi.

Bu — AI agentlarning asosi.

Xato yoki qo‘shimcha bormi? GitHub’da tahrirlash