Xizmatlar
G‘oyangizni foydalanuvchilar sevadigan mahsulotga aylantiraman.
UX/UI va product dizayner sifatida mobil ilovalar, veb-platformalar va landing page’lar dizaynini qilaman. Narx loyihaga qarab kelishiladi — qisqacha yozing, 24 soat ichida javob beraman.
Nima qila olaman
UX/UI dizayn
Veb-platforma va SaaS mahsulotlar uchun foydalanuvchi tadqiqoti, wireframe, yakuniy interfeys va prototip.
Narx: kelishiladi
Mobil ilova dizayni
iOS va Android uchun qulay, ishlab chiqishga tayyor ekranlar — Figma'da, komponentlar bilan.
Narx: kelishiladi
Landing page
Mahsulot yoki xizmatni sotadigan, tez yuklanadigan va mobilga moslashgan bir sahifali sayt.
Narx: kelishiladi
Dizayn tizimi
Ranglar, tipografika, komponentlar va qoidalar — jamoa bir xil uslubda tez ishlashi uchun.
Narx: kelishiladi
Framer sayt
Dizayndan to ishlaydigan saytgacha: animatsiyalar, CMS va domen ulash bilan.
Narx: kelishiladi
Qanday ishlaymiz
- 01
Tanishuv
Maqsad, auditoriya va muddatni 20–30 daqiqalik qo‘ng‘iroqda aniqlaymiz.
- 02
Taklif
Ish hajmi, bosqichlar va narx yozma ravishda kelishiladi.
- 03
Dizayn
Wireframe → vizual dizayn → prototip. Har bosqichda sizdan fikr olinadi.
- 04
Topshirish
Figma fayllar, komponentlar va dasturchilar uchun tushuntirishlar bilan.
So‘nggi ishlar
Barchasi →- AI Desktop Ilova & Veb-sayt · 2026
OvozLab — O‘zbek Tilida AI Nutq va Ovoz Sintezi Studiyasi
O‘zbek tili uchun ochiq kodli matndan nutq (TTS), 10 soniyada ovoz klonlash va nutqdan matn (STT) desktop ilovasi. 100% lokal, internetsiz va maxfiy.
- Desktop Ilova & Veb-sayt · 2026
Recorder Studio — Ekran Yozish va Kinematografik Video Studio
Windows uchun bepul, ochiq kodli ekran yozish va video montaj studiyasi: bosishlarga silliq avtomatik zum, kinematografik kursor fizikasi, ko‘p qatlamli vebkamera va GPU eksport.
- Veb-platforma · 2026
InnoHub — STEM va Robototexnika Platformasi
Maktablar uchun brauzerda ishlaydigan STEM laboratoriyalari: LEGO WeDo 2.0 va Arduino uchun blokli dasturlash hamda o’qituvchi boshqaruv paneli.
- Veb-sayt · 2026
Gulshan Maktabi — Rasmiy Veb-sayt
Farg’ona viloyatidagi xususiy maktab uchun ota-onalarni jalb qiluvchi, qabul jarayonini soddalashtiruvchi zamonaviy veb-sayt.
Ko‘p beriladigan savollar
Dizayn narxi qancha turadi?+
Narx loyiha hajmi va muddatiga qarab kelishiladi. Formani to‘ldiring yoki Telegram'da yozing — 24 soat ichida taxminiy narx va muddatni aytaman.
Loyiha qancha vaqt oladi?+
Landing page odatda 1–2 hafta, mobil ilova yoki veb-platforma 3–8 hafta oladi. Aniq muddat tanishuvdan keyin belgilanadi.
Faqat dizayn qilasizmi yoki saytni ham ishga tushirasizmi?+
Asosiy ish — UX/UI dizayn. Framer orqali saytni ishga tushirib berishim mumkin; murakkab dasturlash uchun ishonchli dasturchilarni tavsiya qilaman.
Xorijiy mijozlar bilan ishlaysizmi?+
Ha. O‘zbek, rus va ingliz tillarida muloqot qilaman, to‘lov va hujjatlar kelishuv asosida.
Tayyor dizaynni qanday olaman?+
Barcha Figma fayllar, komponentlar, ikonlar va eksport qilingan rasmlar sizga topshiriladi. Mualliflik huquqi to‘liq to‘lovdan keyin sizga o‘tadi.
Loyihangiz haqida yozing
Barcha maydonlar majburiy. Ma’lumotlaringiz faqat siz bilan bog‘lanish uchun ishlatiladi.