LLM

Boshqa nomlari: katta til modeli, large language model

Katta til modeli — ulkan matnlar ustida o‘qitilgan va keyingi so‘zni bashorat qilish orqali matn yozadigan neyron tarmoq.

LLM (Large Language Model) — milliardlab parametrga ega neyron tarmoq. U kitoblar, maqolalar va kodlar ustida o‘qitiladi va asosan bitta ishni bajaradi: matndagi keyingi tokenni bashorat qiladi. Shu oddiy mexanizm ustiga suhbat, tarjima, kod yozish va mulohaza qilish qobiliyatlari quriladi.

Misollar

  • Claude, GPT, Gemini, Llama — barchasi LLM oilasiga kiradi.

Nimaga muhim?

Bugungi AI vositalarining deyarli hammasi — chat-botlar, kod yordamchilari, AI agentlar — LLM ustiga qurilgan. Ularning kuchi odatda benchmarklar bilan o‘lchanadi.

Xato yoki qo‘shimcha bormi? GitHub’da tahrirlash