Kontekst oynasi

Boshqa nomlari: context window

Model bir vaqtning o‘zida ko‘ra oladigan matn hajmi (tokenlarda): suhbat, fayllar va javob birga.

Kontekst oynasi (context window) — model bitta so‘rovda ko‘ra oladigan maksimal token soni. Unga savolingiz, oldingi suhbat, yuklangan hujjatlar va modelning javobi kiradi.

Masalan, 200 000 tokenlik oyna — taxminan bir necha yuz sahifali kitob. Oynadan oshgan qism model uchun ko‘rinmaydi.

Kattaroq oyna har doim yaxshimi?

Oyna katta bo‘lishi — model u yerdagi barcha ma'lumotdan yaxshi foydalanadi degani emas. Buni uzun kontekst benchmarklari (masalan, GraphWalks) tekshiradi.

Xato yoki qo‘shimcha bormi? GitHub’da tahrirlash