Token

Boshqa nomlari: tokenlar

Model matnni o‘qiydigan eng kichik bo‘lak: so‘z, so‘z qismi yoki belgi. Narx va limitlar token bilan o‘lchanadi.

Model matnni harflar yoki so‘zlar bilan emas, tokenlar bilan ko‘radi. Token — so‘z, so‘zning bir qismi yoki tinish belgisi bo‘lishi mumkin. Ingliz tilida o‘rtacha 1 token ≈ 4 belgi; o‘zbek tilida so‘zlar ko‘pincha ko‘proq tokenga bo‘linadi.

Nimaga muhim?

  • Narx: API’lar odatda "1 million token uchun $X" deb hisoblaydi — kirish (input) va chiqish (output) alohida.
  • Limit: modelning kontekst oynasi ham tokenda o‘lchanadi.

Xato yoki qo‘shimcha bormi? GitHub’da tahrirlash