Sistem prompt

Boshqa nomlari: system prompt, tizim prompti

Suhbat boshida modelga beriladigan doimiy ko‘rsatma: kim bo‘lishi, qanday uslubda javob berishi va nimalarni qilmasligi.

Sistem prompt — foydalanuvchi xabaridan oldin turadigan va butun suhbat davomida amal qiladigan ko‘rsatma. U modelning "roli" va "qoidalari"ni belgilaydi.

Misol

Sen o‘zbek tilidagi onlayn do‘konning yordamchisisan. Faqat buyurtma, yetkazib berish va qaytarish haqida javob ber. Narxni bilmasang — o‘ylab topma, operatorga yo‘naltir.

Oddiy promptdan farqi

  • Oddiy prompt — bitta savol yoki vazifa.
  • Sistem prompt — butun suhbat uchun doimiy kontekst: uslub, chegaralar, format.

ChatGPT’dagi "Custom instructions", Claude’dagi "Projects" ko‘rsatmalari yoki o‘zingizning botingizdagi birinchi ko‘rsatma — bularning hammasi aslida sistem promptdir.

Xato yoki qo‘shimcha bormi? GitHub’da tahrirlash