Gallyutsinatsiya
Boshqa nomlari: hallucination
Modelning ishonch bilan, lekin noto‘g‘ri yoki o‘ylab topilgan ma'lumot aytishi.
Gallyutsinatsiya (hallucination) — model haqiqatda mavjud bo‘lmagan fakt, manba, kod funksiyasi yoki raqamni ishonchli ohangda aytishi. Sababi: LLM "to‘g‘ri" emas, "ehtimoli yuqori" matn yozadi.
Qanday kamaytiriladi?
- Manbalarni so‘rash va tekshirish.
- Modelga kerakli hujjatlarni kontekstda berish.
- Muhim raqam va faktlarni doim o‘zingiz tasdiqlash.