Embedding

Boshqa nomlari: embeddinglar, vektor

Matn (yoki rasm) ma’nosini ifodalovchi sonlar ro‘yxati. Ma’nosi yaqin matnlarning embedding’lari ham bir-biriga yaqin bo‘ladi.

Embedding — matnni yuzlab yoki minglab sondan iborat vektorga aylantirish. Bu sonlar so‘zlarning o‘zini emas, ma’nosini ifodalaydi.

Oddiy misol

"Mashina" va "avtomobil" so‘zlari harf jihatdan butunlay boshqa, lekin embedding’lari bir-biriga juda yaqin. "Mashina" va "banan" esa uzoq.

Qayerda ishlatiladi?

  • Ma’no bo‘yicha qidiruv: "qaytarib berish" deb qidirsangiz, "pulni qaytarish tartibi" degan hujjat ham topiladi.
  • RAG tizimlarida kerakli hujjat parchalarini topish.
  • Tavsiyalar: "shunga o‘xshash maqolalar", o‘xshash mahsulotlar.
  • Guruhlash: minglab mijoz fikrlarini mavzular bo‘yicha avtomatik ajratish.

Xato yoki qo‘shimcha bormi? GitHub’da tahrirlash