Yaqinda bir tanishim yozib qoldi: “Usmoxan, kichkina sayt kerak edi, qahvaxonam uchun. Menyu, manzil, telefon raqam — boshqa hech narsa. Dasturchiga necha pul beray?” Men esa unga: “Kel, avval birga 40 daqiqa o‘tiramiz, keyin gaplashamiz” dedim. 40 daqiqadan keyin uning sayti internetda edi. Bitta qator ham kod yozmadik.
Bu maqolada aynan o‘sha jarayonni bosqichma-bosqich ko‘rsataman. Qaysi vositani tanlash, AI'ga nima deb yozish, qayerda ehtiyot bo‘lish kerak — hammasini. Oxirida esa halol aytaman: qachon baribir mutaxassis kerak bo‘ladi.
Bu qo‘llanma kimlar uchun?
Agar siz quyidagilardan biri bo‘lsangiz, o‘qishda davom eting:
Kichik biznes egasi — do‘kon, qahvaxona, o‘quv markazi, salon.
Mutaxassis — fotograf, repetitor, dizayner, psixolog, usta. Sizga portfolio yoki “men haqimda” sahifa kerak.
Tadbir yoki loyiha tashkilotchisi — konferensiya, kurs, xayriya aksiyasi uchun bir sahifali sayt.
Shunchaki qiziquvchi — “o‘zim ham bir sinab ko‘ray” deganlar.
Agar sizga to‘lov tizimi, shaxsiy kabinet va minglab mahsulotli internet-do‘kon kerak bo‘lsa — bu maqola ham foydali, lekin u loyihani boshlash uchun. To‘liq do‘kon boshqa gap, buni oxirida tushuntiraman.
Avval o‘zingizga bitta savol bering
Ko‘pchilik darhol vosita tanlashdan boshlaydi. Bu xato. Avval saytning vazifasini aniqlang. Sayt nima qilishi kerak: qo‘ng‘iroq olib kelishimi, buyurtma qabul qilishimi yoki shunchaki ishonch uyg‘otishimi?
O‘zingizni sinang
Qahvaxona uchun eng muhim narsa qaysi?
Shu mantiq har qanday sayt uchun ishlaydi. Qog‘ozga uchta narsani yozing: kim kiradi, nima qidiradi, saytdan keyin nima qilishi kerak. Shu uch qator — butun saytingizning skeleti.
Qaysi vositani tanlash kerak?
Hozir AI bilan sayt yasaydigan vositalar juda ko‘p. Men ko‘p ishlatganlarini va ularning farqini qisqacha yozaman:
OpenAI taqdim etgan GPT-6.2 Astra va GPT-6.2 Sol modellari kamroq token sarflab yuqori natija beradi, 3D/veb-dizayn, kod yozish va murakkab vazifalarda sezilarli sakrash qiladi.
O‘qish
Framer
Chiroyli landing va portfolio, AI bitta jumladan sahifa yasaydi
Oson
Dizayn muhim bo‘lganlar, portfolio
Lovable
Oddiy yozib berasiz — ishlaydigan ilova/sayt chiqadi, forma va baza bilan
O‘rtacha
Forma, ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘lsa
v0 (Vercel)
Interfeys qismlarini tez yasaydi, keyin dasturchiga topshirish oson
O‘rtacha
Keyinchalik dasturchi bilan davom ettiradiganlar
Bolt.new
Brauzerning o‘zida to‘liq loyiha, o‘zgartirish va nashr qilish
Ko‘pchiligida bepul tarif bor — sinab ko‘rish uchun pul to‘lash shart emas. Lekin o‘z domeningizni ulash odatda pullik tarifda bo‘ladi.
1-qadam: Sayt tuzilmasini AI bilan rejalashtiring
Vositaga kirishdan oldin ChatGPT yoki Claude'ni oching va sayt rejasini so‘rang. Quyidagi promptni nusxalab, kvadrat qavslar ichini o‘zingizniki bilan almashtiring:
Sinab ko‘ring · Sayt tuzilmasi uchun prompt
O‘zingizniki bilan almashtiring: [qahvaxona / o‘quv markazi / fotograf][shahar, tuman][kimlar, yoshi, nimani qadrlaydi][qo‘ng‘iroq / Telegram'ga yozish / buyurtma]
Natijada sizda tayyor “karkas” bo‘ladi: bosh blok, xizmatlar, narxlar, fikrlar, manzil, aloqa. Bu rejani saqlab qo‘ying — keyingi qadamda kerak bo‘ladi.
2-qadam: Matnlarni yozing (va ularni “odamiylashtiring”)
AI yozgan matn ko‘pincha bir xil eshitiladi: “Biz sifat va ishonchni birinchi o‘ringa qo‘yamiz…” Bunday gaplarni hamma yozadi, shuning uchun hech kim o‘qimaydi.
Zaif prompt
Bizning qahvaxonamiz eng sifatli qahva va unutilmas muhitni taklif etadi.
Kuchli prompt
Har kuni ertalab 7:30 da ochilamiz. Qahvani o‘zimiz qovuramiz — shuning uchun hidi ko‘chadan keladi. Ishga ketayotganda 3 daqiqada olib ketasiz.
Nima o‘zgardi?
Yaxshi matnda aniq raqam, aniq detal va mijozga foyda bor. “Eng sifatli” degan so‘z hech narsani isbotlamaydi.
AI'dan matnni so‘raganingizda unga aniq faktlarni bering: ochilish vaqti, narxlar, nechta yillik tajriba, nima bilan farq qilasiz. AI faktlarni o‘ylab topmasin — siz bering, u faqat chiroyli tartiblasin.
Sinab ko‘ring · Matnni jonli qilish uchun prompt
O‘zingizniki bilan almashtiring: [fakt 1, masalan: har kuni 7:30 da ochilamiz][fakt 2, masalan: qahvani o‘zimiz qovuramiz][fakt 3, masalan: 5 yildan beri ishlaymiz]
AI'ga qanday yozish kerakligini chuqurroq o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, mening bepul Prompt Master kursimni ko‘ring — u yerda aynan shunday promptlarni yozishni bosqichma-bosqich o‘rgataman.
3-qadam: Saytni yarating
Endi vositaga o‘tamiz. Ko‘pchilik AI sayt yaratuvchilarda jarayon bir xil: bitta oynaga nima kerakligini yozasiz, u sahifa yasaydi, keyin siz uni tuzatasiz.
Bu yerda eng katta xato — juda qisqa yozish:
Zaif prompt
Qahvaxona uchun sayt qilib ber
Kuchli prompt
Qo‘qondagi kichik qahvaxona uchun bir sahifali sayt. Uslub: iliq, minimal, ko‘p bo‘sh joy. Ranglar: krem fon, to‘q jigarrang matn, bitta to‘q yashil urg‘u rangi. Bo‘limlar: bosh blok (sarlavha + “Qo‘ng‘iroq qilish” tugmasi), menyu (6 ta ichimlik narxi bilan), biz haqimizda, mijozlar fikri (3 ta), xarita va ish vaqti. Mobil telefonda chiroyli ko‘rinishi eng muhim.
Nima o‘zgardi?
Ikkinchi promptda uslub, rang, bo‘limlar va asosiy maqsad bor. AI taxmin qilishga majbur bo‘lmaydi — natija birinchi urinishdayoq yaqin chiqadi.
1-qadamdagi tuzilma va 2-qadamdagi matnlarni shu yerda ishlatasiz. Natija yoqmasa — butunlay qaytadan yasatmang. Aniq qismini o‘zgartirishni so‘rang: “bosh blokdagi sarlavhani kattaroq qil”, “menyuni ikki ustunli jadval qil”.
4-qadam: AI ko‘rinishidan qutuling
Dizayner sifatida aytaman: AI yasagan saytlarni bir qarashda tanib olsa bo‘ladi. Bir xil gradientlar, bir xil ikonkalar, “stok” rasmlar. Saytingiz boshqalardan ajralib turishi uchun 4 ta narsani qo‘lda o‘zgartiring:
Haqiqiy rasmlar. Telefoningizda o‘zingiz, jamoangiz, mahsulotingiz, joyingizni suratga oling. Kunduzi, deraza oldida — yorug‘lik yetarli bo‘lsa, oddiy telefon ham zo‘r rasm oladi. Stok rasmdan ko‘ra o‘zingizning “uncha mukammal bo‘lmagan” rasmingiz ko‘proq ishonch uyg‘otadi.
Ranglarni kamaytiring. 1 ta fon, 1 ta matn, 1 ta urg‘u rangi. Ko‘p rang — arzon ko‘rinish.
Bitta shrift. Ikkita turli shrift ishlatmang. Inter, Manrope yoki Montserrat — o‘zbek harflarini (o‘, g‘) to‘g‘ri ko‘rsatadi.
Bo‘sh joy qo‘shing. Bo‘limlar orasini kattaroq qiling. Havo ko‘p bo‘lsa — sayt qimmatroq ko‘rinadi.
5-qadam: Telefonda tekshiring
O‘zbekistonda saytlarga kirishlarning katta qismi telefondan bo‘ladi. Saytni nashr qilishdan oldin uni telefoningizda oching va o‘zingizga savol bering:
Matn kattaligi o‘qishga qulaymi?
Tugmalarni barmoq bilan oson bosa olamanmi?
Telefon raqamini bossam, qo‘ng‘iroq boshlanadimi?
Sahifa tez yuklanyaptimi? (Katta rasmlar eng ko‘p sekinlashtiradi.)
6-qadam: Domen va nashr qilish
Barcha vositalarda “Publish” (Nashr) tugmasi bor. Bosganingizda sayt bepul manzil bilan ochiladi — masalan, nomingiz.framer.website. Boshlash uchun bu yetarli.
Jiddiyroq ko‘rinish uchun o‘z domeningizni oling: .uz domenini mahalliy registratorlardan, .com va boshqalarni xalqaro registratorlardan olish mumkin. Keyin vosita sozlamalarida “Custom domain” bo‘limiga domeningizni yozasiz va ko‘rsatmaga amal qilasiz — odatda 10–15 daqiqalik ish.
7-qadam: Google sizni topishi uchun
Sayt tayyor bo‘lishi — hali hammasi emas. Uni odamlar topishi kerak. Minimal ro‘yxat:
Sahifa sarlavhasi (title) va tavsif (description) — sozlamalardagi SEO bo‘limida. Sarlavhada nima qilishingiz va qayerda ekaningiz bo‘lsin: “Qahvaxona Qo‘qon markazida — Kofe Uy”.
Google Business Profile — xaritada chiqish uchun. Kichik biznes uchun ko‘pincha saytning o‘zidan ham muhimroq.
Google Search Console — saytingizni Google'ga tanishtirish va qaysi so‘zlar bilan topilayotganingizni ko‘rish uchun.
Rasmlarga tavsif (alt matn) — “IMG_2041.jpg” emas, “Qo‘qondagi Kofe Uy qahvaxonasining zali”.
Agar SEO, sitemap yoki canonical kabi so‘zlar tushunarsiz bo‘lsa — Brain Terminlar bo‘limida ularni oddiy tilda tushuntirib boryapman.
Eng ko‘p uchraydigan 5 ta xato
Hamma narsani bitta saytga tiqish. Bitta sahifa — bitta maqsad.
AI matnini tekshirmasdan qo‘yish. AI narxni, manzilni yoki ish vaqtini o‘ylab topishi mumkin. Har bir raqamni o‘zingiz tekshiring.
Stok rasmlar. Mijoz farqni sezadi.
Telefonda tekshirmaslik.
Saytni yasab, unutib qo‘yish. Narx o‘zgardimi, yangi xizmat chiqdimi — saytni yangilang. Eskirgan sayt saytsizlikdan ham yomonroq.
Qachon baribir mutaxassis kerak?
Halol bo‘lay: AI vositalari bilan oddiy landing, portfolio yoki tadbir sahifasini o‘zingiz bemalol qilasiz. Lekin quyidagi hollarda mutaxassis bilan ishlash vaqt va pulni tejaydi:
Murakkab mantiq: to‘lov tizimlari (Click, Payme), shaxsiy kabinet, buyurtmalarni boshqarish.
Brend va noyob dizayn: raqobatchilardan aniq ajralib turish kerak bo‘lganda.
Katta trafik va xavfsizlik: ko‘p foydalanuvchi va shaxsiy ma’lumotlar bo‘lsa.
Vaqtingiz yo‘q: o‘rganishga 2–3 kun sarflagandan ko‘ra biznesingiz bilan shug‘ullangan foydaliroq bo‘lishi mumkin.
Shunday loyiha bo‘lsa, men bilan ishlash sahifasida yozib qoldiring — UX/UI dizayn va Framer'da sayt ishga tushirish bilan yordam beraman.
Xulosa
Kod yozmasdan sayt yaratish endi “dasturchilar uchun hiyla” emas — bu oddiy ko‘nikma, xuddi Word'da hujjat yozish kabi. Siz uchun eng muhimi bitta narsa: AI'ga aniq va batafsil yozishni o‘rganish. Vositalar o‘zgaradi, lekin bu ko‘nikma qoladi.
Shuning uchun keyingi qadamlarim:
AI'ga to‘g‘ri yozishni o‘rganing → Prompt Master (bepul, tugatganlarga sertifikat beriladi).
Saytlar “ichidan” qanday tuzilganini tushunmoqchi bo‘lsangiz → Blok dasturlash: HTML va CSS'ni bloklar bilan, kod yozmasdan o‘rganasiz.