Domen

Boshqa nomlari: domain, domen nomi, DNS

Saytning internetdagi manzili, masalan usmoxan.space. Odatda yillik to‘lov bilan ijaraga olinadi.

Domen — saytingizga kirish uchun brauzerga yoziladigan nom. Kompyuterlar aslida bir-birini raqamli IP-manzil orqali topadi; domen esa eslab qolish oson bo‘lgan nom.

Qanday ishlaydi?

DNS — internetning "telefon kitobi". Siz usmoxan.space deb yozasiz, DNS uni server manziliga aylantiradi va brauzer o‘sha serverga ulanadi.

Bilish kerak bo‘lganlar

  • Zona: .uz, .com, .space, .dev kabi oxirgi qism. .uz domenlari mahalliy registratorlarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
  • Ijaraga olinadi: domen odatda 1 yil (yoki undan ko‘p) muddatga to‘lanadi. Muddatini uzaytirishni unutsangiz — sayt ochilmay qoladi va nomni boshqa odam egallab olishi mumkin.
  • Subdomen: blog.sayt.uz, ovozlab.usmoxan.space — asosiy domen ostidagi qo‘shimcha manzillar, alohida to‘lov talab qilmaydi.

Xato yoki qo‘shimcha bormi? GitHub’da tahrirlash