Wireframe

Boshqa nomlari: vayrfreym, karkas

Sahifaning ranglarsiz, oddiy bloklardan iborat sxemasi. Nima qayerda turishini kelishib olish uchun.

Wireframe — ekranning "skeleti": kulrang to‘rtburchaklar, sarlavha o‘rni, tugma o‘rni. Ranglar, rasmlar va shriftlar ataylab yo‘q — e’tibor faqat tuzilma va mantiqqa qaratiladi.

Nimaga kerak?

  • Mijoz yoki jamoa bilan tez kelishish: "menyu tepada bo‘lsinmi yoki yonda?" degan savollarni chiroyli dizayndan oldin hal qilish.
  • O‘zgartirish arzon — qog‘ozda yoki Figma’da bir necha daqiqada qayta chiziladi.
  • Keyingi bosqichlarga — vizual dizayn va prototipga asos bo‘ladi.

Turlari

  • Lo-fi (qo‘pol): qog‘ozda yoki oddiy bloklar bilan.
  • Hi-fi (batafsil): haqiqiy matnlar va aniq o‘lchamlar bilan, lekin hali ranglarsiz.

Xato yoki qo‘shimcha bormi? GitHub’da tahrirlash