Hosting
Boshqa nomlari: xosting
Sayt fayllari saqlanadigan va internetga 24/7 ko‘rsatib turadigan server xizmati.
Hosting — saytingiz "yashaydigan" joy. Domen saytning manzili bo‘lsa, hosting — o‘sha manzildagi uy.
Turlari
- Platforma ichidagi hosting: Framer, Tilda, Wix — sayt va hosting birga, alohida sozlash shart emas.
- Statik va serverless hosting: Vercel, Netlify, Cloudflare — zamonaviy saytlar uchun tez, kichik loyihalarga ko‘pincha bepul.
- Shared hosting: bitta serverda ko‘p sayt. Arzon, WordPress uchun ommabop.
- VPS / bulutli server: o‘zingizga ajratilgan virtual server. To‘liq nazorat, lekin sozlash va xavfsizlik sizning zimmangizda.
Tanlashda nimaga qarash kerak?
Tezlik (foydalanuvchilaringizga yaqin serverlar), ishonchlilik, zaxira nusxa (backup), bepul HTTPS sertifikati va narx o‘sishi.