Barcha loyihalar

Gulshan Maktabi — Rasmiy Veb-sayt

Farg’ona viloyatidagi xususiy maktab uchun ota-onalarni jalb qiluvchi, qabul jarayonini soddalashtiruvchi zamonaviy veb-sayt.

Veb-saytTa’limMaktab
Yil
2026
Rol
Dizayn va dasturlash
Mijoz
Gulshan nodavlat ta’lim maktabi
Platforma
Veb-sayt

Muammo

Maktab o’z dasturlari, ustozlari va qabul tartibini ota-onalarga aniq va ishonchli ko’rsata oladigan yagona onlayn manbaga ega emas edi.

Yechim

Maktab haqida, ta’lim bosqichlari, ustozlar, to’garaklar, qabul bosqichlari, galereya va yangiliklar bo’limlarini o’z ichiga olgan toza, tez ishlaydigan sayt yaratildi. Bundan tashqari bepul virtual laboratoriya, ta’limiy o’yinlar va interaktiv doska bo’limlari qo’shildi.

Natija

Ota-onalar maktab haqidagi barcha ma’lumotni bir joyda topadi va telefon yoki Telegram orqali bevosita bog’lana oladi. Sayt qidiruv tizimlari uchun optimallashtirilgan.