InnoHub — STEM va Robototexnika Platformasi
Maktablar uchun brauzerda ishlaydigan STEM laboratoriyalari: LEGO WeDo 2.0 va Arduino uchun blokli dasturlash hamda o’qituvchi boshqaruv paneli.
- Yil
- 2026
- Rol
- Dizayn va dasturlash
- Mijoz
- InnoHub
- Platforma
- Veb-platforma
Muammo
Maktablarda STEM va robototexnika darslari uchun qimmat jihozlar va murakkab dasturiy ta’minot kerak bo’lardi. Ustoz o’quvchilarni bir joyda boshqara olmas, o’zbek tilidagi qulay vositalar yetishmasdi.
Yechim
Hech narsa o’rnatmasdan brauzerning o’zida ishlaydigan laboratoriyalar yaratildi: aerodinamika va raketa simulyatsiyalari hamda Scratch uslubidagi blokli dasturlash (Blok Studio). O’quvchilar PIN-kod bilan kiradi, o’qituvchi esa sinfni real vaqtda boshqaradi.
Natija
Maktab oddiy brauzer (Chrome yoki Edge) orqali butun sinf bilan STEM darslarini o’tkaza oladi. Platforma maktab, o’qituvchi va o’quvchi uchun alohida tariflarni qo’llab-quvvatlaydi.