Prototip
Boshqa nomlari: prototype, prototiplar
Dizaynning bosiladigan, ishlayotgandek ko‘rinadigan namunasi. Kod yozishdan oldin g‘oyani sinab ko‘rish uchun.
Prototip — ekranlar bir-biriga bog‘langan, tugmalarni bossa keyingi sahifa ochiladigan interaktiv maket. U haqiqiy dastur emas, lekin foydalanuvchiga xuddi shunday tuyuladi.
Nimaga kerak?
- Usability test: haqiqiy odamlarga "buyurtma bering" deb vazifa berib, qayerda qiynalishini dasturchiga pul to‘lashdan oldin ko‘rish.
- Taqdimot: investor yoki mijozga g‘oyani so‘z bilan emas, "qo‘lida" ko‘rsatish.
- Dasturchiga topshirish: animatsiyalar va o‘tishlar qanday bo‘lishi aniq ko‘rinadi.
Figma, Framer va ProtoPie — prototip yasash uchun eng ommabop vositalar.