MCP

Boshqa nomlari: Model Context Protocol

AI ilovalarni tashqi vositalar va ma’lumot manbalariga (fayllar, baza, servislar) yagona usulda ulash uchun ochiq standart.

MCP (Model Context Protocol) — Anthropic 2024-yil oxirida taklif qilgan ochiq standart. U AI yordamchisini turli vositalarga ulashni xuddi USB kabi bir xil qiladi: har bir servis uchun alohida integratsiya yozish o‘rniga, bitta "MCP server" yoziladi va uni MCP’ni qo‘llaydigan istalgan AI ilova ishlata oladi.

Nima beradi?

  • AI sizning fayllaringiz, kalendaringiz, bazangiz yoki Figma, GitHub kabi servislar bilan ishlay oladi.
  • Model faqat matn yozmaydi — amal bajaradi: hujjat topadi, jadvalni yangilaydi, xat qoralaydi.
  • Bitta server — ko‘p ilova: Claude, Cursor va boshqa MCP qo‘llaydigan dasturlar.

Ehtiyot bo‘ling: MCP server AI’ga haqiqiy huquqlar beradi. Faqat ishonchli serverlarni ulang va qanday ruxsatlar berayotganingizni tekshiring.

Xato yoki qo‘shimcha bormi? GitHub’da tahrirlash