Terminal-Bench

Boshqa nomlari: terminal bench, terminal-bench-science

AI agentlarning terminalda real vazifalarni — dastur o‘rnatish, kodni yig‘ish, server sozlash — mustaqil bajara olishini sinaydigan benchmark.

Terminal-Bench — agentga haqiqiy Linux muhitida terminal beriladi va undan murakkab vazifani bajarish so‘raladi: loyihani kompilyatsiya qilish, xatolarni tuzatish, ma'lumotlarni qayta ishlash, xizmatni sozlash. Natija avtomatik testlar bilan tekshiriladi.

Agentic coding va agentlarning kompyuterda ishlash qobiliyatini o‘lchashda eng ko‘p tilga olinadigan benchmarklardan biri. Fan yo‘nalishidagi (science) varianti ham bor.

Xato yoki qo‘shimcha bormi? GitHub’da tahrirlash