Harness

Modelni benchmarkda ishga tushiradigan qobiq: qaysi vositalar berilgani, nechta urinish, qanday ko‘rsatmalar bilan.

Harness — benchmark vazifalarini modelga beradigan va natijani baholaydigan dastur. Ayniqsa agent benchmarklarida harness juda muhim: modelga qanday vositalar berilgani, qancha vaqt va qadam ruxsat etilgani natijani keskin o‘zgartiradi.

Shuning uchun jadvallarda "provider harness" (model yaratuvchisining o‘z muhiti) va mustaqil, minimal harness natijalari alohida ko‘rsatiladi.

Xato yoki qo‘shimcha bormi? GitHub’da tahrirlash